Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Tejamkor tekstil”da eksport va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari muhokama qilindi
  • Yangiliklar
  • 12:20 06.01.2026
  • 96
  • Investitsiya va tashqi savdo

Yangi Namangan tumanida joylashgan “Tejamkor tekstil” korxonasida ishlab chiqarish jarayonlari va eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. Korxona to‘qimachilik mahsulotlarining 10 turini ishlab chiqarib, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiyaga eksport qilmoqda.

“Tejamkor tekstil”da eksport va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari muhokama qilindi

Yangi Namangan tumanida joylashgan “Tejamkor tekstil” korxonasida ishlab chiqarish jarayonlari va eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi. Korxona to‘qimachilik mahsulotlarining 10 turini ishlab chiqarib, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiyaga eksport qilmoqda.

Korxona 2023 yilda 5 million dollar, 2024 yilda 6 million dollarlik eksport hajmiga erishgan bo‘lib, 2025 yilda esa bu ko‘rsatkich 7,5 million dollarga yetkazildi. Mavjud 1-blokda 70 nafar xodim faoliyat yuritmoqda, xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilgan yangi blokda esa 200 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

Tuman hokimi Adhamjon Karabayev korxona faoliyati bilan tanishib, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish va yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berdi.