16:15 05.01.2026Yangi Namangan tumanida sanoatni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida bir qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Shulardan biri — 10 gektar maydonni egallagan “Sohil” mahallasidagi “Taraqqiyot” sanoat va servis zonasi. Mazkur zonada 113 ta loyiha ishga tushirilib, yiliga 500 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati yaratildi va 4 ming 800 ta yangi ish o‘rni ochildi.
Yangi Namangan tumanida sanoat salohiyati ortib bormoqda
Yangi Namangan tumanida sanoatni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadida bir qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Shulardan biri — 10 gektar maydonni egallagan “Sohil” mahallasidagi “Taraqqiyot” sanoat va servis zonasi. Mazkur zonada 113 ta loyiha ishga tushirilib, yiliga 500 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish quvvati yaratildi va 4 ming 800 ta yangi ish o‘rni ochildi.
Sanoat uyida tadbirkorlar va xonadonlar kooperatsiya asosida ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan bo‘lib, hunarmandlar uchun zamonaviy infratuzilma yaratildi. Mohir ustalar bir joyga to‘planib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda faol qatnashmoqda.
Tuman hokimi Adhamjon Karabayev sanoat zonada bo‘lib, amalga oshirilgan loyihalar bilan tanishdi va ularning rivojlanish istiqbolini muhokama qildi.