15:40 24.07.2025Yangi Namangan tumanining “Ishonch” mahallasida joylashgan “Ahrorbek textil” xususiy korxonasi 2017 yilda tashkil etilgan bo‘lib, ichki bozor uchun kostyum-shim mahsulotlari ishlab chiqaradi. Korxonada yiliga 300 ming dollarlik mahsulot tikiladi hamda 35 kishi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlagan.
Tuman hokimi korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda tadbirkorning murojaatlarini tingladi. Uchrashuv davomida kommunal sohadagi mavjud muammolar va shovrum tashkil etish uchun qo‘shimcha sharoit yaratish masalalari ko‘rib chiqildi. Mazkur masalalarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati