Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumani hokimi “Mehnatobod” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
  • Yangiliklar
  • 12:35 21.07.2025
  • 97
  • Sayyor qabul

Bugun erta tongdan Yangi Namangan tumani hokimi “Mehnatobod” mahallasi idorasida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda 7 nafar fuqaro ishtirok etib, ular tomonidan turli ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolar ko‘tarildi.

Murojaatlar asosan gaz va elektr ta’minotini yaxshilash, yo‘l va ko‘prik ta’mirlash, yo‘llarda piyodalar uchun harakat xavfsizligini ta’minlash choralarini ko‘rish, transformator va tayanch ustunlar o‘rnatish hamda uy-joy masalalari bilan bog‘liq bo‘ldi.

Qabul davomida tuman hokimi har bir murojaatni e’tibor bilan tinglab, masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va rahbarlarga aniq topshiriqlar berdi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati