Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida yangi poliklinika foydalanishga topshirildi
  • Yangiliklar
  • 15:15 05.12.2025
  • 342
  • Tashriflar

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayrami arafasida Yangi Namangan tuman markaziy poliklinikasining 250 qatnovli yangi binosi foydalanishga topshirildi. Loyiha Investisiya dasturi doirasida Respublika byudjeti hisobidan 3,5 mlrd so‘m evaziga amalga oshirildi.

Yangi Namangan tumanida yangi poliklinika foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayrami arafasida Yangi Namangan tuman markaziy poliklinikasining 250 qatnovli yangi binosi foydalanishga topshirildi. Loyiha Investisiya dasturi doirasida Respublika byudjeti hisobidan 3,5 mlrd so‘m evaziga amalga oshirildi.

Ta’kidlash joiz, tumandagi 7 ta tibbiyot muassasasi 2025 yildan to‘liq raqamlashtirilib, DMED axborot tizimi joriy etildi. Shu bilan birga moddiy-texnika baza ham yangilanib, Sog‘liqni saqlash vazirligidan 1 mlrd so‘mlik kompyuter jihozlari, mahalliy byudjetdan esa 3 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirildi.

Mazkur yangi binoda ham zamonaviy xonalar, mebel, lift, yong‘inga qarshi signalizatsiya va evakuatsiya tizimlari o‘rnatildi hamda tashqi hududda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Tantanali tadbirda tuman tibbiyot birlashmasi jamoasiga Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 50 dona kompyuter jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Yangilangan shart-sharoitlar aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifatini oshirishga xizmat qiladi.