14:05 05.12.2025Yangi Namangan tumanining “Mehnatobod” mahallasi “Balandariq” ko‘chasida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor Alisher Yusufbayev chinni buyumlariga naqsh solish yo‘nalishida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Tashabbuskor tadbirkor bu orqali 13 nafar mahalliy aholini ishli qildi, ulardan 8 nafari yoshlar.
Tadbirkor mahalliy yoshlarni ishli qildi
Yangi Namangan tumanining “Mehnatobod” mahallasi “Balandariq” ko‘chasida yashovchi yakka tartibdagi tadbirkor Alisher Yusufbayev chinni buyumlariga naqsh solish yo‘nalishida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Tashabbuskor tadbirkor bu orqali 13 nafar mahalliy aholini ishli qildi, ulardan 8 nafari yoshlar.
Tadbirkor asosan choynak va shu kabi maishiy chinni buyumlariga xilma-xil gul va ranglar berish bilan shug‘ullanadi. Uning ishxonasida har kuni 1000 dan ziyod tayyor mahsulot ishlab chiqariladi. Shu bilan birga ishbilarmon 7 nafar qo‘shnisiga kasanachilik asosida uy sharoitida ish berib, ularning bandligini ham ta’minlamoqda.