17:20 29.11.2025Yangi Namangan tumanining “Kelajak tongi” mahallasida mebelchilik sohasi sezilarli darajada rivojlanmoqda. Hozirda bu yerda 30 dan ortiq mebel ishlab chiqaruvchi tadbirkor faoliyat yuritib, mahallaning iqtisodiy salohiyatini oshirmoqda.
Mebelchilik mahalla iqtisodiy drayveriga aylanmoqda
Yangi Namangan tumanining “Kelajak tongi” mahallasida mebelchilik sohasi sezilarli darajada rivojlanmoqda. Hozirda bu yerda 30 dan ortiq mebel ishlab chiqaruvchi tadbirkor faoliyat yuritib, mahallaning iqtisodiy salohiyatini oshirmoqda.
Shulardan biri Mahmudjon Abduqahhorov 8 nafar ishchisi bilan 15 turdan ortiq mebel mahsulotlarini ishlab chiqaradi va ularni mahalliy ichki bozorga yetkazmoqda. Bahodir Ismailov xonadonida esa yotoqxona uchun to‘plamlar tayyorlanadi, bu orqali 6 kishi doimiy ish bilan band.
Qisqa qilib aytganda, mebelchilik sohasi rivojlanishi mahallada yangi ish o‘rinlari yaratishga, aholi bandligini ta’minlash va mahalliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shmoqda.