20:20 28.11.2025Yangi Namangan tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasida “Buyuk Ipak yo‘li” CAVA Great Silk Road Army and Police Volleyball Championship xalqaro turnirining taqdirlash marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi.
“Buyuk Ipak yo‘li” CAVA Great Silk Road Army and Police Volleyball Championship taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Yangi Namangan tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasida “Buyuk Ipak yo‘li” CAVA Great Silk Road Army and Police Volleyball Championship xalqaro turnirining taqdirlash marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi.
Bir hafta davom etgan qizg‘in bahslar yakuniga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi:
1-o‘rin — “Matonat” (DXX),
2-o‘rin — “Humo” (IIV),
3-o‘rin — “Gvardiya” (MG).
Gʻolib jamoalarga maxsus kubok, medallar, sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Turnir Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida sport hamkorligi va do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.