Sayt test rejimida ishlamoqda!
13-oilaviy poliklinikada “Tashabbusli byudjet” doirasida rekonstruksiya boshlandi
  • Yangiliklar
  • 11:25 28.11.2025
  • 94
  • Hukumat qarorlari ijrosi

“Tashabbusli byudjet” jarayoni orqali aholi ovozi bilan tanlangan loyiha asosida 13-oilaviy poliklinikada keng qamrovli rekonstruksiya ishlari boshlandi. Loyihani amalga oshirish uchun 1 mlrd 450 mln so‘m ajratildi.

13-oilaviy poliklinikada “Tashabbusli byudjet” doirasida rekonstruksiya boshlandi

“Tashabbusli byudjet” jarayoni orqali aholi ovozi bilan tanlangan loyiha asosida 13-oilaviy poliklinikada keng qamrovli rekonstruksiya ishlari boshlandi. Loyihani amalga oshirish uchun 1 mlrd 450 mln so‘m ajratildi.

Ta’mirlash doirasida poliklinika binosi, qabul xonalari, diagnostika bo‘limlari va xizmat ko‘rsatish hududi zamonaviy standartlar asosida yangilanadi. Shu bilan birga, muhandislik kommunikatsiyalari, isitish va ventilyasiya tizimlari qayta qurilib, bemorlar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish rejalashtirilgan.

Tashabbusli byudjet orqali amalga oshirilayotgan mazkur loyiha tufayli 13-oilaviy poliklinika tuman aholisi uchun yanada zamonaviy va qulay tibbiy maskanga aylanadi.