16:15 27.11.2025Yangi Namangan tumanida havo sifati va atrof-muhit tozaligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Tuman xizmatlari tomonidan asosiy yo‘llar, trotuarlar hamda yo‘l bo‘ylari maxsus suv sepuvchi texnikalar yordamida tozalanib, hududning ekologik holati yaxshilanishiga hissa qo‘shilmoqda. Shu bilan birga, joylarda ko‘kalamzorlashtirish va mavjud daraxtlarni parvarishlash ishlari ham davom ettirilmoqda.
Yangi Namangan tumanida ekologik muhitni sog‘lomlashtirish ishlari davom etmoqda
Yangi Namangan tumanida havo sifati va atrof-muhit tozaligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Tuman xizmatlari tomonidan asosiy yo‘llar, trotuarlar hamda yo‘l bo‘ylari maxsus suv sepuvchi texnikalar yordamida tozalanib, hududning ekologik holati yaxshilanishiga hissa qo‘shilmoqda. Shu bilan birga, joylarda ko‘kalamzorlashtirish va mavjud daraxtlarni parvarishlash ishlari ham davom ettirilmoqda.
Ushbu chora-tadbirlar tumanda sog‘lom ekologik muhitni saqlash va aholi uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan.