12:20 26.11.2025Yangi Namangan tumanining “Yoshlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Malikjon Mamadjanov uy sharoitida bedana boqish bilan shug‘ullanib, mazkur yo‘nalishda samarali faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda uning xo‘jaligida 15 minga yaqin bedana bor.
Uy sharoitidagi bedana xo‘jaligi barqaror daromad bermoqda
Yangi Namangan tumanining “Yoshlik” mahallasida istiqomat qiluvchi Malikjon Mamadjanov uy sharoitida bedana boqish bilan shug‘ullanib, mazkur yo‘nalishda samarali faoliyat olib bormoqda. Hozirgi kunda uning xo‘jaligida 15 minga yaqin bedana bor.
Tadbirkor kooperatsiya usulida 10 ga yaqin xonadonga har biriga 100 tadan bedana tarqatib, ularning ham daromadli ish bilan shug‘ullanishiga sharoit yaratgan. Mamadjonov xo‘jaligida har kuni 2 mingtagacha bedana tuxumi olinib, bozorga yetkazib beriladi. Oylik daromadi esa 20 million so‘mgacha yetmoqda.