11:45 25.11.2025Yangi Namangan tumanida 2022 yilda tashkil etilgan “Impuls” tibbiyot instituti bugungi kunda davolash ishi, pediatriya va stomatologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berib kelmoqda. Institutda 2 mingdan ortiq talaba tahsil oladi, ularning 15 nafarini xorijiy mamlakatlardan kelgan yoshlar tashkil etadi.
Yangi Namangan tumanida “Impuls” tibbiyot institutida yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi
Yangi Namangan tumanida 2022 yilda tashkil etilgan “Impuls” tibbiyot instituti bugungi kunda davolash ishi, pediatriya va stomatologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berib kelmoqda. Institutda 2 mingdan ortiq talaba tahsil oladi, ularning 15 nafarini xorijiy mamlakatlardan kelgan yoshlar tashkil etadi.
Bugungi kunda ta’lim muassasasi xalqaro maqomdagi diplom taqdim etish huquqiga ega bo‘lib, 10 dan ortiq davlatlar bilan imzolangan hamkorlik memorandumlari asosida talabalar uchun xorijda tajriba almashish imkoniyatlari yaratilgan. Shuningdek, Bolgariya va Germaniyaga “work and travel” dasturi doirasida sayohat qilish va ishlash imkoni ham mavjud.
Tuman hokimi institutdagi mavjud shart-sharoitlar, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar hamda xalqaro hamkorlik doirasida ochilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, kuz-qish mavsumiga shayligi ko‘rildi. Uchrashuv davomida talabalar uchun zamonaviy ta’lim muhiti va amaliyotga yo‘naltirilgan dasturlarni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.