Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namanganda ilk bora havaskorlar uchun xalqaro stol tennisi musobaqasi tashkil etildi
  • Yangiliklar
  • 16:30 22.11.2025
  • 88
  • Ommaviy tadbirlar

Yangi Namangan tumanida viloyat hokimi tashabbusi bilan birinchi marta havaskor sportchilar uchun xalqaro stol tennisi musobaqasi tashkil etildi. Ushbu sport bayrami Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston hamda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan kelgan 36 ta jamoani birlashtirdi.

Namanganda ilk bora havaskorlar uchun xalqaro stol tennisi musobaqasi tashkil etildi

Yangi Namangan tumanida viloyat hokimi tashabbusi bilan birinchi marta havaskor sportchilar uchun xalqaro stol tennisi musobaqasi tashkil etildi. Ushbu sport bayrami Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston hamda O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan kelgan 36 ta jamoani birlashtirdi.

Turnir 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan 200 dan ortiq ishtirokchini qamrab olib, har bir sportchiga o‘z mahoratini namoyish etish imkonini bermoqda. Musobaqa nafaqat mahorat va kuch sinovi, balki qo‘shni davlatlar va mamlakatimiz viloyatlari o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda.

Namanganda o‘tayotgan ushbu nufuzli tadbir stol tennisining ommalashuvi, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yangi iste’dodlarni kashf etishda muhim platformaga aylandi.