16:15 15.11.2025Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan uchrashib, sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib bordi. Muloqot Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali majlislar zalida tashkil etildi.
Namangan viloyati hokimi tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov sog‘liqni saqlash tizimi vakillari bilan uchrashib, sohadagi dolzarb masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib bordi. Muloqot Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali majlislar zalida tashkil etildi.
Tadbirda tibbiyot muassasalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etib, sohada korrupsion holatlarni cheklash, xizmat ko‘rsatish madaniyati va tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr almashdilar.
Uchrashuvda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, tashabbuslar va yangi loyihalar haqida ham so‘z bordi. Shuningdek, Ikkinchi Uyg‘onish davri doirasida tibbiyot sohasini rivojlantirish, ilmiy yondashuv va innovasion tajribalarni joriy etish muhimligi alohida ta’kidlandi.
Hokim sog‘liqni saqlash infratuzilmasini yangilash, zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash va xalqaro hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ham ma’lumot berdi.
Muloqot yakunida tibbiyot xodimlari o‘z taklif va muammolarini bayon qildilar. Ular bo‘yicha aniq vazifalar belgilanib, amaliy choralar rejasi ishlab chiqildi.