11:35 12.11.2025Yangi Namangan tumani hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nigora Mirzavaliyeva mavzuga doir ma’lumotlarni taqdim etdi.
Ayollar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
Yangi Namangan tumani hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nigora Mirzavaliyeva mavzuga doir ma’lumotlarni taqdim etdi.
Ta’kidlanganidek, 2025 yilda jami 3127 nafar ishsiz xotin-qizlar aniqlanib, o‘tgan yil davomida ularning 3097 nafari ish bilan band etildi.
Jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga yordamlar ko‘rsatilib, 1137 nafarining o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashildi, 137 nafari jamoat ishlariga joylashtirildi, 668 nafar ayollar doimiy ishga joylandi, 1185 nafari esa kasb-hunarga o‘qitildi.
Shuningdek, tadbirkorlik qilish istagidagi ayollarning 291nafari shu yo‘nalishga jalb etildi, 486 nafari ayollarga esa imtiyozli kreditlar ajratildi.