Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida mini gidroelektrostansiya qurildi
  • Yangiliklar
  • 17:20 06.11.2025
  • 94
  • Hukumat qarorlari ijrosi

Yangi Namangan tumanidagi Shimoliy aylanma Chortoq yo‘li bo‘ylab “Namangan soy” hududida mini gidroelektrostansiya qurish ishlari yakuniga yetdi. Loyiha qiymati 2 milliard so‘mni tashkil etadi.

Yangi Namangan tumanida mini gidroelektrostansiya qurildi

Yangi Namangan tumanidagi Shimoliy aylanma Chortoq yo‘li bo‘ylab “Namangan soy” hududida mini gidroelektrostansiya qurish ishlari yakuniga yetdi. Loyiha qiymati 2 milliard so‘mni tashkil etadi.

Mazkur inshoot ishga tushirilgandan so‘ng soatiga 820 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tayyorlangan elektr energiyasi to‘liq tarzda elektr tarmoqlariga uzatiladi va mahalliy aholi hamda korxonalarni barqaror elektr ta’minoti bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Loyihaning amalga oshirilishi hududda qo‘shimcha energetik quvvatlarni yaratish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan samarali foydalanish hamda iqtisodiy barqarorlikka hissa qo‘shishda muhim ahamiyat kasb etadi.