12:20 06.11.2025Yangi Namangan tumani “Axsikent” mahallasida istiqomat qiluvchi Abduxakim Babaxonov so‘nggi ikki yildan buyon issiq va sovuq iqlim sharoitiga chidamli “Rodban” navli qulupnay hamda malina yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu faoliyati orqali u nafaqat o‘z oilasiga barqaror daromad manbai yaratgan, balki mahalladoshlariga ham namuna bo‘lmoqda.
“Axsikent” mahallasida yilning har faslida qulupnay va malina yetishtirilmoqda
Yangi Namangan tumani “Axsikent” mahallasida istiqomat qiluvchi Abduxakim Babaxonov so‘nggi ikki yildan buyon issiq va sovuq iqlim sharoitiga chidamli “Rodban” navli qulupnay hamda malina yetishtirish bilan shug‘ullanmoqda. Ushbu faoliyati orqali u nafaqat o‘z oilasiga barqaror daromad manbai yaratgan, balki mahalladoshlariga ham namuna bo‘lmoqda.
Babaxonovning so‘zlariga ko‘ra, u yetishtirgan mevalarga bozorda talab yuqori bo‘lib, oylik daromadi o‘rtacha 10 million so‘mni tashkil etmoqda.
Shuningdek, u tajribasi bilan bo‘lishib, bu sohani o‘rganish istagida bo‘lgan 6 nafar qo‘shnisiga ham yordam ko‘rsatgan.