Sayt test rejimida ishlamoqda!
2-sonli tug‘ruq kompleksida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
  • Yangiliklar
  • 11:10 06.11.2025
  • 69
  • Tashriflar

Yangi Namangan tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari doimiy nazoratda. Shu doirada bugun 2-sonli tug‘ruq kompleksida ham amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

2-sonli tug‘ruq kompleksida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Yangi Namangan tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari doimiy nazoratda. Shu doirada bugun 2-sonli tug‘ruq kompleksida ham amalga oshirilgan ishlar va yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Tibbiyot muassasasida issiqlik ta’minoti tizimi, elektr va suv ta’minoti hamda energiya tejamkorlikka qaratilgan uskunalarning holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, bemorlar va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, zarur profilaktika va ta’mirlash ishlari axvoli ko‘rildi.

Ob’yektda qish mavsumini betalafot o‘tkazish, issiqlik tizimi barqaror ishlashi uchun barcha kerakli choralarni ko‘rish borasida mas’ullarga zaruriy ko‘rsatmalar berildi.