13:30 03.11.2025Yangi Namangan tumanida aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida 200 kishi qabul qila oladigan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
Yangi Namangan tumanida zamonaviy 200 o‘rinli markaziy poliklinika ishga tushdi
Yangi Namangan tumanida aholiga zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida 200 kishi qabul qila oladigan ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika barpo etilib, foydalanishga topshirildi.
Inshoot “Oromgoh” mahallasida, tuman tibbiyot birlashmasiga yondosh holda qurildi. Loyiha uchun 3,2 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi hamda 100 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Tuman hokimi poliklinikada bo‘lib, tibbiy xizmat sifatini, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlarni hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, aholi salomatligini muhofaza qilish va profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama etildi.
Yangi tibbiyot muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilishi bilan tuman aholisiga yaqin va qulay sharoitda tez, sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyati yanada kengaydi.