Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Kelajak tongi” va “Istiqbol” mahallalarida yo‘llar soz holatga keltirilmoqda
  • Yangiliklar
  • 11:35 01.11.2025
  • 81
  • Hukumat qarorlari ijrosi

Yangi Namangan tumanida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

“Kelajak tongi” va “Istiqbol” mahallalarida yo‘llar soz holatga keltirilmoqda

Yangi Namangan tumanida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, “Kelajak tongi” va  “Istiqbol” mahallalarida OPEK dasturi mablag‘lari hisobidan 7 km uzunlikda yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Bu natijada 1000 nafar aholi ilk bor toza ichimlik suviga yega bo‘ldi, 1500 nafarga yaqin fuqarolarning suv ta’minoti yaxshilandi. Hozirda suv tarmog‘i tushirilgan hududlarda asfaltlash ishlari boshlandi.

Yo‘l sozlash ishlari doirasida “Kelajak tongi” va “Istiqbol” mahallalaridagi 8 km yo‘lni asfaltlash ishlari rejalashtirilgan. Ayni vaqtda har ikki hududda ham yer tekislash ishlari olib borilmoqda.

Bu ishlar mahallalarning qiyofasini yangilash, aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda hududlarni namunali mahallalarga aylantirishga xizmat qiladi.