Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namanganda “Jasorat maktabi”ning 5-mavsumi tantanali yakunlandi
  • Yangiliklar
  • 10:50 01.11.2025
  • 92
  • Yoshlar siyosati

Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi “Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazi”da tashkil etilgan “Jasorat maktabi” 10 kunlik harbiy o‘quv yig‘inining 5-mavsumi tantanali ravishda yakunlandi.

Namanganda “Jasorat maktabi”ning 5-mavsumi tantanali yakunlandi

Namangan viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi “Chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazi”da tashkil etilgan “Jasorat maktabi” 10 kunlik harbiy o‘quv yig‘inining 5-mavsumi tantanali ravishda yakunlandi.

Yopilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, soha mutasaddilari, harbiylar hamda yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi. Tadbir davomida Qorovul qo‘shinlari va harbiy orkestr tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar, musiqiy va vatansevarlik ruhidagi kompozisiyalar namoyish etildi.

Uchrashuvda yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi, ularning taklif va fikrlari tinglandi. Murojaatlarini yechimga keltirish choralari belgilandi. Yoshlar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, bunday o‘quv yig‘inlari ularning hayotiy tajribasini boyitishini, Vatanga sadoqat va fidoyilik hissini kuchaytirishini ta’kidlashdi.

O‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli yakunlagan yoshlarga maxsus sertifikatlar hamda Vatanparvarlik mavzusidagi kitoblar to‘plami topshirildi. Tadbir samimiy izhorlar, quvonch va faxr tuyg‘ulari, yuksak g‘urur va hayajonga boy tarzda o‘tdi.

“Jasorat maktabi” loyihasi yosh avlodda harbiy xizmatga hurmat, Vatanga muhabbat, daxldorlik hissi va fidoyilik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.