17:50 28.10.2025Yangi Namangan tumanida 2025–2026 yilgi kuz-qish mavsumini barqaror va betalafot o‘tkazish maqsadida ta’lim muassasalarida tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Shu doirada maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida isitish tizimlari, elektr ta’minoti, yoritish vositalari hamda xavfsizlik choralari holati o‘rganildi.
Tekshiruv jarayonida 35-sonli umumta’lim maktabi va 49-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Tadbirlar bolalar uchun qulay, xavfsiz va samarali ta’lim muhitini ta’minlashga qaratilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati