Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Nafis sifat kiyim”da ishlab chiqarish hajmi oshirilmoqda
  • Yangiliklar
  • 17:15 28.10.2025
  • 82
  • Investitsiya va tashqi savdo

Yangi Namangan tumanining “Mingchinor” mahallasida 2016 yilda tashkil etilgan “Nafis sifat kiyim” oilaviy korxonasida 25 nafar ishchi mehnat qilmoqda. 

Korxona 2024 yilda ichki bozorga 600 mln so‘mlik kostyum-pidjak mahsuloti yetkazib berdi. Joriy yilda esa bu ko‘rsatkichni 800 mln so‘mga yetkazish rejalashtirilgan.

Tuman hokimi korxonada bo‘lib, tadbirkor bilan muloqot qildi. Suhbatda ishlab chiqarish hajmini oshirish va mavjud muammolarni hal etish masalalari ko‘rib chiqildi. Tadbirkor elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammoni ko‘tardi va uni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati