11:35 21.10.2025Yangi Namangan tumanida aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash bo‘yicha sport sinovlari o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda 30 yoshdan 70 yoshgacha va undan katta yoshdagi mahalla xodimlari hamda aholi vakillari faol ishtirok etdilar. Ishtirokchilar my.sport.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘z jismoniy tayyorgarlik darajasini sinovdan o‘tkazishdi.
Sinovlar davomida qatnashchilar yugurish, arqonda sakrash, savatchaga to‘p uloqtirish, uzunlikka sakrash, gavdani bukish kabi mashqlarni bajardilar.
Tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining jismoniy faolligini oshirish hamda sportni ommalashtirishga qaratildi.