Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanidagi 60-maktab qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi
  • Yangiliklar
  • 14:00 20.10.2025
  • 118
  • Yoshlar siyosati

Bugun Yangi Namangan tumanida kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari to‘liq yakunlangan 60-maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, ta’lim sohasi va mahalla faollari, maktab ma’muriyati hamda nuroniylar ishtirok etdi.

Marosimda maktabdagi zamonaviy sharoitlar, ta’lim sifatini oshirish hamda o‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.

Ta’kidlash joiz, mazkur maktab Ichki ishlar vazirligiga biriktirilgan bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayoni, davomat, umumiy tartib-intizom tizim tomonidan doimiy nazorat qilinadi va hamkorlikda ish tashkil etiladi.

Yangilangan ta’lim maskanida zamonaviy sinf xonalari, sport zali, workout maydoni, yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish xonasi hamda 360 daraja kuzatuv tizimi mavjud bo‘lib, ular o‘quvchilarning bilim olishi, xavfsizligi va faol dam olishiga xizmat qiladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati