Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi
  • Yangiliklar
  • 16:00 16.10.2025
  • 91
  • Oila va xotin-qizlar

Iqtidorli va tashabbuskor qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yangi Namangan tumanida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining tuman bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli qizlar adabiyot, san’at, madaniyat, ta’lim, fan, sport hamda jamoatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratini namoyish etdilar.

Tanlov yakunlariga ko‘ra 8 ta yo‘nalishda eng yaxshi deb topilgan ishtirokchilar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati