Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanidagi 60-maktab yangicha qiyofa kasb etmoqda
  • Yangiliklar
  • 15:00 13.10.2025
  • 70
  • Xabarlar

Yangi Namangan tumanidagi 60-maktabda kapital ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari yakuniy bosqichga kirdi. Ta’mirlash doirasida asosiy bino, sinf xonalari, sport zali, hovli va yozgi sport maydoni tubdan yangilandi, zamonaviy o‘quv muhiti uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov mazkur ilm dargohidagi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi. 

Loyiha doirasida yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatishga mo‘ljallangan maxsus xona, workout maydoni va 360 graduslik kuzatuv kameralari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa o‘quvchilarning bilim olishi bilan birga ularning xavfsizligi va sog‘lom turmush tarziga ham xizmat qiladi.
Jami 15 milliard so‘m yo‘naltirilgan mazkur loyiha orqali nafaqat ta’lim jarayoni samaradorligi oshishi, balki o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit shakllanishi rejalashtirilgan.

Viloyat rahbari qurilish-ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.