Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yosh nikohlanuvchilar uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi
  • Yangiliklar
  • 14:00 09.10.2025
  • 73
  • Oila va xotin-qizlar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 dekabrdagi 820-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yangi Namangan tumanidagi Oila va xotin-qizlar maskanida yosh nikohlanuvchilar uchun navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirda shahar FHDYO bo‘limiga nikoh uchun ariza topshirgan yoshlar ishtirok etdilar. O‘quv jarayonida ularga oilaviy hayotga tayyorgarlik, huquq va majburiyatlar, o‘zaro hurmat, reproduktiv sog‘liq hamda barqaror oila qurishning psixologik va ijtimoiy jihatlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi. O‘quv yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Bunday tadbirlar yoshlarni ongli va mas’uliyatli ravishda oila qurishga tayyorlash, erta nikoh va ajrimlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati