Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumani hokimi xorijdagi migrantlar bilan onlayn muloqot o‘tkazdi
  • Yangiliklar
  • 17:20 29.07.2025
  • 101
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumani hokimi xorijda mehnat qilayotgan fuqarolar bilan onlayn muloqot tashkil etdi. Suhbat chog‘ida migrantlarning mehnat va yashash sharoitlari, maosh miqdori bilan qiziqildi.

Kam maosh olayotgan va qiyin sharoitlarda mehnat qilayotgan yurtdoshlarga vatanga qaytish taklif etildi. Ularga kafolatli ish o‘rinlari, moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘rilishi ta’kidlandi.

Muloqot ochiq va samimiy ruhda o‘tib, vatanda ish boshlash istagida bo‘lganlar uchun aniq takliflar berildi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati