13:50 26.03.2025Mamlakatimizda yoshlarga e’tibor masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ularning qiziqishlari bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Xususan, joylarda rahbarlar yosh avlod vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, taklif va murojaatlarini ijobiy yechimga keltirish choralarini ko‘rishmoqda.
Ana shunday ochiq muloqotdan biri Yangi Namangan tumanining “Tinchlik” mahallasida bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida yoshlar tomonidan bir qator masalalar yuzasidan savol va takliflar bildirildi.
Tadbir davomida 14 nafar yoshlarga ish anjomlari, 9 nafar yoshga davolanish uchun moddiy yordam, 3 nafariga sport musobaqasida qatnashish uchun ko‘mak, 12 nafar talaba yoshga esa shartnoma to‘lovi uchun vaucherlar berildi.
Bu kabi sa’y-harakatlar yoshlarning bandligini ta’minlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati