Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda
  • Yangiliklar
  • 12:25 22.03.2025
  • 88
  • Yashil makon

Yangi Namangan tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari jadal olib borilmoqda. Shu maqsadda tumanning “Mustaqillikning besh yilligi” mahallasidan joy olgan “Bo‘ston suv uzatish inshooti” hududida turli manzarali va mevali ko‘chatlar ekildi.

Tadbirda tuman hokimi, korxona va tashkilotlar faollari va nuroniylar ishtirok etib, atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirishning ahamiyati haqida fikr almashishdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Yangi Namangan tumanida bahor mavsumida 90 ming tup mevali va manzarali daraxt ekish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgacha 84 ming tup ko‘chat yerga qadab bo‘lindi.

Yangi Namangan tumani hokimligi axborot xizmati