Sayt test rejimida ishlamoqda!
“Paperland Plyus” Yangi Namangan tumanining eksport salohiyatini oshirishga xissa qo‘shmoqda
  • Yangiliklar
  • 13:05 10.03.2025
  • 87
  • Halqaro hamkorlik

Paxtadan yarim tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri — “Paperland Plyus” MCHJ 2018 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunga kelib xalqaro bozorda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.

Korxona 20 nafar ishchi bilan faoliyat boshlagan bo‘lsa-da, qisqa vaqt ichida samaradorligini oshirib, eksport hajmini sezilarli darajada kengaytirdi. 

2024 yilda “Paperland Plyus” 500 ming dollarlik mahsulotni xorijga eksport qildi. Endilikda esa yanada yuksak marralarni zabt etishga bel bog‘lagan. 2025 yil korxona uchun yangi bosqich bo‘lib, Moldovaga 1 million dollarlik mahsulot eksport qilishni rejalashtirmoqda. Bu nafaqat korxona o‘sishi, balki tumanning eksport salohiyatini oshirishga ham katta hissa qo‘shadi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati