Sayt test rejimida ishlamoqda!
Har payshanba – jismoniy tarbiya va sport kuni!
  • Yangiliklar
  • 11:00 06.03.2025
  • 116
  • Halqaro hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan, har payshanba “Jismoniy tarbiya va sport kuni” etib belgilangan.

Bugun Yangi Namangan tumanidagi “Pahlavon” sport majmuasida ushbu kun doirasida sport tadbirlari o‘tkazildi. Ishtirokchilar 5 ming qadam yurish va badantarbiya mashqlarini bajardilar.

Bunday tashabbuslar sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, aholining jismoniy faolligini oshirish va sport madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati