Sayt test rejimida ishlamoqda!
Yangi Namangan tumanida mevali ko‘chatlar parvarishi kengaymoqda
  • Yangiliklar
  • 18:20 28.02.2025
  • 99
  • Halqaro hamkorlik

Yangi Namangan tumanida bog‘dorchilikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, “Yangi zamin” mahallasida joylashgan “Bahoriston” ko‘chasida mevali ko‘chatlar yetishtirish faoliyati keng yo‘lga qo‘yilgan.

Bu yerda 30 xil turdagi mevali daraxt ko‘chatlari parvarishlanib, ichki bozorga yetkazilmoqda. Ushbu faoliyat nafaqat mahalliy aholini sifatli ko‘chatlar bilan ta’minlashga, balki bog‘dorchilikni rivojlantirishga ham hissa qo‘shmoqda.

Tadbirkorlar va bog‘bonlar uchun muhim manbaga aylangan mazkur hududda kelgusida ko‘chatlar ko‘lamini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.

Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmat