15:20 28.02.2025Yangi Namangan tumanining “Yangi Zamin” mahallasida o‘tkazilgan navbatdagi sayyor qabul aholining dolzarb muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topishga qaratildi. Tuman hokimi ishtirokida tashkil etilgan mazkur qabulda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha murojaatlari eshitildi.
Qabul davomida yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash, subsidiyalar ajratilishi, ish bilan ta’minlash hamda uy-joy masalalari bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi. Har bir masala yuzasidan tegishli idora va tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Yangi Namangan tumani hokimligi
Аxborot xizmati